Eldor Shomurodov Osiyoda hafta qahramoni bo‘lishga da'vogar

Sport 16:52 / 24.02.2021 10879

O‘tgan haftada Yevropada o‘zini ko‘rsatgan futbolchilardan tashkil topgan nomzodlar qatoriga o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ham kiritilgan. Hamyurtimiz «Jyenoa» - «Verona» (2:2) bahsida zaxiradan maydonga tushib, mezbonlarning dastlabki goliga mualliflik qilgandi.

Shomurodovdan tashqari yana osiyolik 9 nafar futbolchi hafta laureati bo‘lishga da'vogar sanaladi. Bular - «Portu» safida YeChL bahsida «Yuventus» darvozasiga gol urgan eronlik Mehdi Toremiy, APL doirasida «Chelsi» darvozasini ishg‘ol etgan «Sauthempton» hujumchisi yaponiyalik Takumi Minamino, Bolgariyaning «Lokomotiv» yarimhimoyachisi tojikistonlik Parvizjon Umarboyev, «Valensiya»ning koreyalik futbolchisi Li Kan In, «Ayntraxt» a'zosi yaponiyalik Daichi Kamada, Ukrainaning «Zarya» klubi a'zosi eronlik Shahob Zohidi, «Kortreyk» a'zosi avstraliyalik Trent Sainsberi, yaponiyalik Takumo Asano (Partizan) va iroqlik Jiloan Hamad («Goritsa»).

Quyidagi manzilga o‘tib, Eldor Shomurodovga ovoz berishingiz mumkin. Shomurodov 24 fevral holatiga ko‘ra, so‘rovnomada eronlik Mehdi Toremiydan keyingi 2-o‘rinda bormoqda. So‘rovnoma 28 fevralga qadar davom etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: