Amerikalik mashhur golfchi Tayger Vuds avtofalokatga uchradi

Sport 09:06 / 24.02.2021 6046

Amerikalik mashhur golfchi Tayger Vuds Kaliforniyada avtofalokatga uchradi. U hozirda og‘ir ahvolda qolmoqda

ABC News telekanalining xabar berishicha, Vuds oyog‘idan ko‘plab jarohatlar olgan va hozirda jarrohlik amaliyotidan o‘tmoqda. 

Avtofalokat mahalliy vaqt bilan soat 7:12da Rolling Xillz va Rancho Palos Verdes chegarasida yuz bergan. Golfchidan tashqari mashinada haydovchi va yana bir yo‘lovchi bo‘lgan. Mashina yo‘l chetiga chiqib ag‘darilib ketgan. 

“Meydjor” seriyasi musobaqalarining 15 karra g‘olibi 2017 yil may oyida politsiya tomonidan avtomobilida uxlab yotgan holda aniqlangan va alkogol yoki giyohvand modda ta'siri ostida bo‘lgan deb gumon qilinib hibsga olingan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, sportchining organizmida 4ta vosita, jumladan kuchli og‘riqsizlantiruvchi, allergiyaga qarshi hamda uyqu chaqiruvchi tinchlantiruvchi vositalar izlari aniqlangan. 

Tayger Vuds dunyo golfchilari reytingida 683 hafta davomida birinchi o‘rinni egallab, rekord o‘rnatgan. U professional golfchilar uyushmasi tomonidan 11 marta yil golfchisi deb tan olingan. Vudsning umurtqasida bir necha marta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: