Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbari tayinlanadi
2021 yilning fevral oyidan e'tiboran xalq ta'limi tizimida sinf rahbari tayinlash bo‘yicha yangi Nizom joriy etildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
5-sinfdan boshlab 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash bo‘yicha Nizom joriy etildi. Yangi Nizomga ko‘ra, 5-sinfdan boshlab 11-sinfga qadar yagona sinf rahbari tayinlash yo‘lga qo‘yiladi va barcha maktablarda sinf rahbarlari quyidagi umumiy talablarga javob berishi lozim:
- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
- maktabda to‘liq stavkada aosiy ishchi sifatida faoliyat yuritishi;
- bo‘linib o‘qitiladigan fanlardan dars bermasligi;
- odob-axloqi va xulqi bilan o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘la olishi;
- ruhiy jihatdan barqaror bo‘lishi;
- o‘quvchilar bilan ishlash jarayoniga mas'uliyat bilan yondasha olishi.
Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:
- amaldagi hujjatlari soni optimallashtirildi;
- faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
- malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
- ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.
Vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamova Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, sinf rahbari oilaviy sharoitiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ish joyini o‘zgartirgan holatlarda maktab direktori tomonidan u rahbarlik qilayotgan sinfga boshqa sinf rahbari tayinlanadi.
«Agar ota-onalar tomonidan sinf rahbarining faoliyatiga e'tirozlar mavjud bo‘lsa, sinf o‘quvchilarining ota-onalari maktab direktori nomiga sabablarni ma'lum qilgan holda murojaat qilishadi. Direktor ota-onalarning murojaatida keltirilgan ma'lumot va real vaziyatga baho bergan holda sinf rahbari bilan suhbatlashadi, bordi-yu vaziyat barqarorlashmasa, u rahbarlik qilayotgan sinfga belgilangan mezonlar asosida boshqa sinf rahbarini tayinlaydi», deydi Laylo Rustamova.
Qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan ushbu o‘zgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:
- sinf rahbarlarining o‘quvchilar tarbiyasiga ta'siri sezilarli ravishda oshishi;
- 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sog‘lom ravishda ushlab turish imkoni;
- ota-onalar tomonidan o‘z farzandlarini ta'lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishidir.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

15:31 / 03.06.2025
Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktabga ishga kirish uchun nima qilish kerak?

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025