Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Floridadagi teraktda jabrlanganlar Saudiya Arabistoni hukumatini sudga berishdi

2019 yil dekabrda Florida shtatidagi aviabaza hududida sodir etilgan otishma vaqtida halok bo‘lgan amerikaliklar oilalari Saudiya Arabistoni hukumati ustidan sudga arz qilishdi. Bundan Florida shimoliy okrugi sudiga kelib tushgan hujjatlar darak bermoqda.
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Pensakola aviabazasida 2019 yil 6 dekabr kuni saudiyalik harbiy Muhammad ash-Shamraniy otishma sodir etgandi. U AQShga uchuvchilik malakalarini oshirishga kelgan bo‘lgan. Ash-Shamraniy otishma vaqtida 3 kishini o‘ldirgan va 8 kishini yaralagan. U voqea joyida politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan.
Sudga arznoma voqea vaqtida halok bo‘lgan amerikaliklar ota-onalari va jabrlangan harbiylar tomonidan berilgan. Ularning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni hukumati ash-Shamraniyni “Al-Qoida” terrorchilik guruhiga aloqador ekanligidan xabardor bo‘lgan. Ash-Shamraniyning “Al-Qoida”ga aloqasi borligi aniqlangani haqida 2020 yil may oyida o‘shandagi adliya vaziri Uilyam Barr ma'lum qilgan edi. Barr ta'kidlaganidek, otishma terrorchilik harakati bo‘lgan.
Arznomada ta'kidlanishicha, ash-Shamraniy AQSh bazasidagi boshqa saudiyalik harbiylarga otishma sodir etmoqchiligi haqida so‘z ochgan, biroq shundan keyin ham tegishli choralar ko‘rilmagan. Barr ta'kidlaganidek, ash-Shamraniy noqonuniy tarzda qurol sotib olgan va saqlagan.
Jabrlanuvchilar podshohlikdan sud belgilaydigan tovon pulining to‘lanishini talab qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025