24 fevral kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida harorat 18 daraja sovuq bo‘ladi

O‘zbekiston 11:20 / 23.02.2021 18183

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 10-15 daraja sovuq; Ustyurtda kechasi 20-25 daraja, kunduzi 13-18 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
 
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.
 
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba'zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: