Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, natijada K.O., turmush o‘rtog‘i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etgan, ikki nafar farzandi - Z.O., va O.O. kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
“Alohida qayd etish kerakki, bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma'lumotlar tarqatilgan va bu ishlar davom ettirilmoqda. Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e'tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta'kidlab kelinyapti. Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.