O‘zbekistonda onkologik yo‘nalishda bolalar o‘limiga nimalar sabab bo‘layotgani aytildi

O‘zbekiston 12:37 / 20.02.2021 8315

O‘zbekistonda onkologik kasalliklarda bolalar o‘limiga asosan xastalikning erta tashxislanmasligi, molekulyar darajadagi diagnostikaning mavjud emasligi sabab bo‘lib kelmoqda.

Bu haqda Bolalar milliy tibbiyot markazi gematologiya va onkologiya bo‘limi mudiri Kamol Iskandarov Kun.uz’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Onkologik kasalliklarda bolalar o‘limining sababi kasallikning 3-, 4-bosqichlarda aniqlanishidir. Bizda molekulyar tsitogenetik darajada tashxislash hozirgacha yo‘lga qo‘yilmagan. Chunki xalqaro protokollar asosida davolash hali tashkil qilinmagan.

Bu protokollar asosida ish tashkil qilinishi uchun esa bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yagona bo‘limda davolanishi kerakligi haqida talab mavjud. Bunday bo‘limda barcha narsalar aynan bolalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Mazkur struktura endi Bolalar milliy tibbiyot markazida yo‘lga qo‘yildi, ya'ni bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bir sohaga aylantirildi”, dedi Kamol Iskandarov.

Bo‘lim mudirining bildirishicha, rivojlanayotgan va rivojlanmagan davlatlarda onkologik kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichi 20 foiz deb ko‘rsatiladi.

Ko‘proq yangiliklar: