Marg‘ilon shahridagi do‘konlarda sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi

O‘zbekiston 10:14 / 20.02.2021 7035

Qayd etilishicha, bugun soat 05:50da Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan do‘konlarda yong‘in yuzaga kelganligi to‘g‘risida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
   
Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining 3ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 05:54da yetib borgan va soat 05:57da yong‘in o‘rab olinib, soat 06:30da to‘liq o‘chirilgan. 

Hodisa natijasida 4ta do‘konning umumiy 90 kvadrat metr maydonida tom va ichki qismlar yongan. Harakatlar natijasida savdo do‘konlarining 200 kvadrat metr maydoni ofatdan saqlab qolingan. 

Hozirda mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘indan tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: