«Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ga yangi bosh direktor tayinlandi

Azizbek Saidaliyev “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning bosh direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda "Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
A. Saidaliyev 1985 yil Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 2003 yili Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. U mehnat faoliyatini dastlab Farg‘ona shahar elektr ta'minoti korxonasida boshlab, 2017 yilga qadar "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJda turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Bunga qadar A. Saidaliyev “Farg‘ona HETK” AJning iqtisod va moliya masalalari bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelgan.
Avval xabar berilganidek, “Farg‘ona HETK” AJning bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Dilshod Jalilov Yozyovon tuman hokimi etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid

11:14 / 25.02.2025
Farg‘onada kompyuter klubi xodimlarini kaltaklaganlar qamoqqa olindi

21:44 / 24.02.2025
“Men Vallomovman!” – Farg‘onada bezorilar kompyuter klub xodimlarini kaltakladi

09:56 / 21.02.2025
Farg‘onada Nexia-3 poyezd tagida qolib ketdi

16:14 / 16.02.2025