20 fevral kuni O‘zbekistonda nam va salqin ob-havo bo‘ladi 

O‘zbekiston 07:46 / 20.02.2021 6790

20 fevral kunduz kuni O‘zbekistonda nam va salqin ob-havo bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar qildi.

Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi hududlarning ba'zi joylarida kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Harorat fevral oyi uchun me'yoriy qiymatlarga yaqinlashadi va 8-13 daraja iliqni, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: