Ushbu xizmatlar Mobiuz abonentlariga mobil aloqa imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
Uyali aloqa operatorlarining faoliyati nafaqat texnik rivojlanish, tarif rejalar joriy qilish va asosiy xizmatlarni taqdim etishdan iborat. Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida kompaniyalar turli xil qo‘shimcha xizmatlarni joriy etadilar. Mobiuz ushbu maxsus takliflardan 7 tasiga e'tiboringizni qaratadi.
"Maxsus toifadagi raqamlar haqini qismlarga bo‘lib to‘lash" xizmati o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarishga va Mobiuz'ning eng chiroyli raqamlarini qulay tarzda ulashga yordam beradi. Unga ko‘ra, «Silver», «Gold», “Super Gold” va undan qimmatroq toifali raqamlar haqi 10 qismga teng taqsimlanadi va 10 oy davomida bo‘lib to‘lashga moslashadi. Abonent xohlasa, kelgusidagi oylar uchun haqni muddatidan oldin to‘lashi ham mumkin.
"Mening yangi raqamim" – bu raqamingizni oson o‘zgartirishga hamda eski tanishlar bilan aloqada qolishga imkon beradigan bepul va juda zarur xizmat. Avvalgi raqamingiz Mobiuz'niki bo‘lgan-bo‘lmaganligining ahamiyati yo‘q.
Xizmatni yoqish uchun ikkala raqam ham kerak bo‘ladi. Eng avvalo, yangi Mobiuz raqamida "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi" xizmatini (*111*0131#) faollashtirish va *120*9989XXXXXXXX# (X o‘rnida oldingi raqam) terish zarur. Eski raqamdan **21*998971301330# so‘rovini yuborib, maxsus PIN-kodni olish kerak. Va nihoyat, yangi raqamda qabul qilingan kodni faollashtiriladi: *120*PIN#.
Abonent nomida Mobiuz'ning qaysi raqamlari borligini *151# USSD-buyrug‘i yordamida bilib olish mumkin. So‘rovdan so‘ng barcha ro‘yxatdan o‘tgan raqamlar yozilgan SMS-xabar keladi. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Shuningdek, faol xizmatlar holatini va joriy oy uchun xarajatlarni bepul tekshirish mumkin. Bunda mos ravishda *140# va *111*025# USSD-so‘rovlari yordam beradi. Masalan, *140# terib, "Tungi DRIVE", "Super 0", "Sizga qo‘ng‘iroq qilishdi", raqamni yashirish va boshqa xizmatlar holatini aks ettiruvchi SMS-xabar keladi.
"Raqamni o‘zgartirish" xizmati yordamida abonent SIM-kartaga tegmagan holda raqamni o‘zgartirsa bo‘ladi. Shunda tarif rejasi va xizmatlarni qayta ulash, ular uchun qaytadan pul to‘lashga hojat qolmaydi. Raqamni Mobiuz'ga qarashli ofislarda 21 ming so‘mga o‘zgartirish mumkin.
Mobiuz'da qo‘ng‘iroq uchun raqamni bir marta yashirish xizmati ham bor. Raqamni doimiy yashirish xizmatidan farqli o‘laroq, ushbu xizmat bir marta taqdim etiladi va maxsus kod orqali ulanishni talab qilmaydi. Buning uchun O‘zbekistondagi istalgan uyali aloqa operatori yoki shahar raqamini terishdan oldin «+» o‘rniga «#» belgisini terish kifoya. Masalan, #998971300909. Bitta qo‘ng‘iroq uchun xizmat narxi – 300 so‘m.
Mobiuz mahsulot va xizmatlari to‘g‘risidagi batafsilroq ma'lumotni kompaniyaning www.mobi.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida