Tesla Hindistonda elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

Fan-texnika 16:00 / 15.02.2021 5491

Tesla kompaniyasi Hindistonda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv tuzishga yaqin turibdi, deb xabar berdi Bloomberg o‘z manbalariga tayanib.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Karnataka shtati poytaxti Bangalor shahri yaqinida yig‘uv zavodini qurish masalasi muhokama qilinmoqda.

Xabar qilinishicha, kompaniya Bangalor markazida o‘z bo‘linmasi va ofislarini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Tesla AQSh tashqarisidagi birinchi zavodini Xitoyda qurgandi va hozirda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda birinchi o‘rinda. Kompaniya shuningdek, Shanhayda elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalari ishlab chiqaruvchi zavodini qurgan. 

Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvining 5 foizini elektromobillar tashkil etadi, Hindistonda esa bu ko‘rsatkich 1 foizga teng, deb yozadi Bloomberg.  

Hindiston hukumati 2019 yil avgustdan elektromobillar uchun soliqni 12 foizdan 4 foizga tushirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: