Toshkent tibbiyot akademiyasida koronavirusga aloqador mavzuda xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 13:25 / 13.02.2021 2806

Onlayn konferensiya ishida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi  Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakchi ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori Ahmad Tursunov, Toshkent  tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov, Sent-Luis universitet qoshidagi Tibbiyot maktabi Ortopediya departamenti professori Joldas Kuljanov, Rossiyaning N.N. Priorov nomidagi Milliy travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi 15-travmatologiya va ortopediya bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professori Gleb Korobushkinlar ishtirok etdi.

Ushbu yetakchi mutaxassislar SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda politravma kasalligi qanday kechishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirishdi. Bu kasallikni yangicha davolash usullari bilan o‘rtoqlashdilar. Yaratilayotgan yangi ilmiy qarashlar muhokama qilindi.

Konferensiya «El-yurt umidi» jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ko‘proq yangiliklar: