Ispaniyada koronavirus yuqtirganlar soni uch milliondan oshdi

Jahon 15:36 / 10.02.2021 1485

Pandemiya boshlanganidan buyon Ispaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 3 mln 5487ta holat qayd etildi. Bu haqda Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Eldiario nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sutka davomida 16402 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Mamlakatda bir millioninchi bemor 21 oktyabrda, ikki millioninchi bemor esa 7 yanvarda qayd etilgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, 9 fevral kuni pandemiya boshlanganidan buyon eng ko‘p - 766ta o‘lim qayd etilgan. 

Shu kungacha kasallik sababli vafot etganlar soni 63 mingdan oshgan.

Ko‘proq yangiliklar: