Rossiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni 4 millionga yaqinlashdi

Jahon 14:29 / 09.02.2021 3962

Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 4 millionga yaqinlashdi. Bu haqda worldometers.info saytida ma'lum qilindi.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan sutkada mamlakat bo‘yicha 15019 ta yangi holat aniqlangan bo‘lib, bu 17 oktyabrdan buyon qayd etilgan minimum ko‘rsatkich hisoblanadi.

Jami aniqlangan holatlar soni 3 mln 998 ming 216 taga yetgan. 

Sutka davomida 21 795 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, pandemiya boshlanganidan buyon sog‘ayganlar soni 3 mln 493 ming 886 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan sutka mobaynida 530 kishi kasallikdan vafot etgan. Mamlakat bo‘yicha jami vafot etganlar soni 77 598 nafarga yetgan.

Koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda kasallikka chalinganlar soni 27,7 milliondan oshgan, 476,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: