Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanali konsepsiyasi ishlab chiqiladi
«O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi. Unda diniy yo‘nalishda ham qator yangiliklar nazarda tutilgan.
Farmonda shunday bandlar bor:
- Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fanlar Akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda buyuk alloma va ulamolarimiz, ayniqsa, Imom Buxoriyning bebaho merosini keng ko‘lamda ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida, indonez, bengal, malay, turk, arab, hind, urdu, pushtu va boshqa xorijiy tillarda “Imom Buxoriy” ziyorat turizmi yo‘ldosh telekanalini, xorijiy mamlakatlarda uning muxbirlari faoliyat olib borishini nazarda tutgan holda tashkil etish va uni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
- Samarqand viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi va Qo‘mita bilan birgalikda ikki oy muddatda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini ziyorat markaziga aylantirish hamda atrofidagi 8 nafar buyuk ulamolarning qabrlarini tiklash va obodonlashtirish ishlari konsepsiyasini, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
- Samarqand viloyati hokimligi Qo‘mita, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Samarqand shahrida islom dini, mintaqadagi mavjud din namoyandalari merosi va moddiy madaniy meros obektlarini aks ettiruvchi tematik xiyobonni yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
- Buxoro viloyati hokimligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Buxoro shahrida islom dini tarixi va musulmon olamida mashhur bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma'lumot beruvchi innovatsion muzeyni qurish va uni rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Shuningdek mazkur farmonda O‘zbekiston ichida yangi aviareyslar va poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yilishi, mamlakat fuqarolari ham mamlakat ichida turistik yig‘im to‘lashi, qator bayramlarda ishlanmaydigan kunlar kamida 3 kun deb belgilanishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ramzon Qodirov Turkiyada dam olayotganda cho‘kib ketishiga sal qoldi – OAV
Jahon | 22:01
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
-
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida
Jahon | 21:18
-
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi
O‘zbekiston | 21:17
Mavzuga oid

09:05
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

09:08 / 21.07.2025