Eron oliy yetakchisi 4 mingga yaqin mahkumni afv etdi
Avvalroq amnistiya loyihasi va mahkumlar ro‘yxati mamlakat oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy tomonidan taqdim etilgandi.

Foto: Reuters
Eron oliy yetakchisi oyatulla Ali Homanaiy islom inqilobining 42 yilligi munosabati bilan 3840 nafar mahkumni afv etdi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq amnistiya loyihasi va mahkumlar ro‘yxati mamlakat oliy sudi raisi Ibrohim Raisiy tomonidan taqdim etilgandi.
Eron kalendari bo‘yicha bu yil 10 fevralga to‘g‘ri kelgan bahman oyining 22-kuni mamlakatdagi eng asosiy milliy bayramlardan hisoblanadi. Bu kun Eronning oxirgi shohi Muhammad Rizo Pahlaviyga qarshi kurashda islom inqilobi g‘alaba qozongan kun deb hisoblanadi.
Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakat diniy rahnamosi oliy sud raisining tavsiyasi bilan mahkumlarni afv etishi yoki jazo o‘tash muddatini qisqartirish huquqiga ega.
Mavzuga oid

15:02 / 09.03.2025
Rossiya, Xitoy va Eron Hind okeanida qo‘shma harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazadi

23:36 / 08.03.2025
Eron AQSh bilan muzokara o‘tkazishni rad etdi

20:41 / 07.03.2025
Tramp Eron yetakchisiga yadroviy dastur bo‘yicha bitim tuzishni taklif qildi

19:05 / 04.03.2025