AQShning Monarch Tractor kompaniyasi dunyodagi ilk aqlli traktorni namoyish qildi. MK4 nomli traktorlar joriy yilning kuzidan boshlab mijozlarga yetkazib berila boshlaydi.
Fermerlarning orzusi
Bir tomondan qarasa, g‘ayrioddiy biror narsa o‘zgarmagan, oddiy traktorlardan farqi katta emas. Boshqa tarafdan qaraganda, qishloq xo‘jaligi ishlari uchun hali haydovchisiz transport vositalari mavjud emasdi. Shuning uchun ham Monarch traktorlari misli ko‘rilmagan ixtiro.
G‘ildirakli mo‘jiza 3tasi 1da seriyasidan. Aniqrog‘i, Monarch traktor sifatida ishlashidan tashqari, istalgan yerda yura oladigan transport va dala sharoitida mobil generator vazifasini ham bajara oladi.
«Biz qishloq xo‘jaligining hozirgi kundagi ehtiyojlarini qondirish va fermerlar imkoniyatlarini kengaytirish va ularga intellektual instrumentlarni taqdim etish maqsadida fermerlar jamoasi, muhandislar va dunyo miqyosidagi olimlarni to‘pladik. Monarch traktori qishloq xo‘jaligida benazir intellekt, texnologiyalar va xavfsizlik funksiyalari bilan raqamli tranformatsiyaga yo‘l ochadi», deydi Monarch kompaniyasi bosh direktori Pravin Penmetsa.
Haydovchisiz elektr traktor zamonaviy qishloq xo‘jaligidagi juda muhim quyidagi muammolarni hal qiladi:
- ishchi kuchi yetishmovchiligi bor sharoitda fermerlar aqlli qurilma va mexanizmlarga kuchli qiziqish bildirishyapti;
- batareyasiga 10 yillik kafolatga ega qishloq xo‘jaligi haydovchisiz vositasi foydalanishda oddiy traktorga nisbatan arzonroqqa tushadi;
- xavfsizlik va ekologik tozalik – Monarch’ning eng asosiy ustunliklari.
Traktor modellarining texnik jihatlarini batafsil yozishga hojat yo‘q. Zero, traktorlarning ilk partiyasi mijozlar qo‘liga yetib borguniga qadar, o‘zgarishlarga uchrashi aniq. Traktor eng zamonaviy texnologiyalar bilan «qurollangan» – atrofni 360 darajada kuzatish, qishloq xo‘jalik ekinlarini tanib olish (buning uchun kunlik 240 GB.lik ma'lumotlar qayta ishlanadi), avariyalarning oldini olish, harakatlar yo‘nalishi va qishloq xo‘jaligi ishlarini optimizatsiya qilish va hokazo.
Traktordan birgina fermer qancha ko‘p foydalansa, shuncha yaxshi ishlaydi. Traktor egasi barcha operatsiya va hosildorlik prognozlari haqida hamda dalalarning holati haqida kompleks tahlillar borasida muntazam hisobotlar olib turadi.
Yangi traktorlarga 50 ming AQSh dollaridan buyurtmalar qabul qilinyapti. To‘liq modifikatsiya keyinroq taqdim qilinadi va narxi ham qimmatroq bo‘ladi.