Atlantika okeani tubida ilk avtomobil chorrahasi paydo bo‘ldi

Light 14:35 / 07.02.2021 112425

Farer orollarida g‘aroyib suvosti avtomobil tunneli barpo etildi – 187 metr chuqurlikda Atlantika okeanidagi ilk aylanma chorraha paydo bo‘ldi.

Orollar kichik – muvaffaqiyatlar katta

Farer orollari 18 oroldan iborat arxipelag bo‘lib, Islandiya va Shotlandiya orasida joylashgan avtonom sub'yekt. Aholisi 51000 kishi. Orollarning 17tasida odam yashaydi. Rasman Daniya qirolligi tarkibiga kiradi, lekin 1948 yildan beri Farer orollari davlat masalalari mahalliy darajada mustaqil hal qilib kelinadi.

Yo‘lning eng tikka qismi 5 foizdan oshmaydi

2002 yildan boshlab Farer orollarida bosqichma-bosqich suvosti avtomobil tunnellaridan foydalanishga o‘tilyapti. Bu murakkab va qimmatbaho inshootlar farerliklarning hayotini sezilarli darajada yengillashtirish va orollar orasidagi harakat vaqtini tezlashtirishga xizmat qiladi.

Streymoy va Esturoya orollari o‘rtasidagi tunnel o‘ziga xos bo‘ladi – u uzunligi 11 kilometr bo‘lgan uch asosiy yo‘ldan iborat bo‘lib, Atlantika okeanida 187 metr chuqurlikda joylashadi. Avtomagistral 2020 yilning 19 dekabrida foydalanishga topshirilgan.

Tunnellarning yangi tarmog‘i poytaxt Torsxavn va Runavik shahri orasida yo‘lga sarflanadigan vaqtni 74 daqiqadan 16 daqiqaga, ya'ni 4,5 barobarga kamaytiradi. Qo‘shni orollarga muntazam borib turadigan mahalliy aholi uchun bu judayam katta qulaylik.

180 metrdan ziyodroq suv ostiga kiradigan avtotrassa xavfsizligini ta'minlash uchun yo‘lning eng tikka joyi 5 foizlik qilindi. Farerda foydalanilayotgan tunnellar 5-6 kilometr uzunlikka ega.

Atlantika bag‘ridagi mashhur aylanma chorrahali tunnellar tarmog‘i Farer orollarining infratuzilmasiga kiritilgan eng yirik sarmoya bo‘ldi. Trassa bo‘ylab yurish pullik bo‘ladi – bir tomonga harakatlanish 10 yevro. Mahalliy aholi uchun arzonlashtirilgan yillik abonoment ishlab chiqilgan.

Farerliklar yangi inshootga o‘ziga xos zeb berdilar – halqani mahalliy rassom Trondur Paturssonning haykaltaroshlik asarlari va chiroqli effektlar uyg‘unligida bezatdilar.

Ko‘proq yangiliklar: