Telegram yanvar oyida dunyoda eng ko‘p yuklab olingan ilova bo‘ldi
Sensor Tower kompaniyasining ma'lumot berishicha, messenjer 63 mln marta yuklab olingan va o‘rnatilgan

Foto: Global Look Press
Telegram messenjeri TikTok va WhatsApp’ni ortda qoldirib, yanvar oyida eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi.
Bozorlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi Sensor Tower kompaniyasining ma'lumotiga ko‘ra, Telegram 63 mln marta ko‘chirib olingan va o‘rnatilgan bo‘lib, bu 2020 yil yanvar oyidagiga nisbatan qariyb to‘rt baravarga ko‘pdir. Eng katta o‘sish Hindiston va Indoneziyaga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘ringa TikTok joylashdi (62 mln marta yuklab olingan).
Signal, Facebook va WhatsApp ham yetakchilar beshligidan o‘rin oldi. Telegram Google Play do‘konida raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan bo‘lsa, Apple do‘konida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
AQShda 6 yanvar kuni sobiq prezident Donald Tramp tarafdorlari kongress binosiga hujum uyushtirganidan so‘ng ko‘plab ijtimoiy tarmoqlar Trampning akkauntlarini blokladi va ekstremistik kontentga qarshi kurashni kuchaytirishini e'lon qildi. Dunyodagi eng ommabop messenjerlardan biri WhatsApp xabar jo‘natish qoidalarini keskinlashtirdi. Buning ortidan boshqa messenjerlar ommalasha boshladi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

22:01 / 29.06.2025
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi

20:36 / 28.06.2025
Telegram bir nechta OSINT kanallarni blokladi

14:34 / 24.06.2025
AQSh Kongressida WhatsApp ilovasidan foydalanish taqiqlandi

00:50 / 22.06.2025