Fransiyada Huawei kompaniyasining 5G qurilmalaridan foydalanish taqiqlanishi qonuniy deb topildi

Fan-texnika 14:40 / 06.02.2021 3261

Fransiya konstitutsion kengashi Huawei kompaniyasining yangi avlod 5G mobil tarmog‘i qurilmalaridan foydalanish cheklanishini konstitutsiyaga muvofiq deb topdi

Kengashning bildirishicha, telekommunikatsiya operatorlari 5G tarmog‘i uchun mo‘ljallangan mobil terminallar va boshqa qurilmalardan foydalanish uchun milliy regulyatordan ruxsatnoma olishlari shart.

Konstitutsion kengash o‘z qarorini milliy xavfsizlik va mudofaa manfaatlari nuqtai nazaridan izohlagan. 

 Qayd etilishicha, mobil aloqaning radiotexnik tarmoqlaridan josuslik, ma'lumotlarni o‘g‘irlash va kommunikatsiya tizimlarini ishdan chiqarishda foydalanilishi mumkin.

Fransiyada o‘tgan yil avgustida Huawei kompaniyasining uch mingta antennasini demontaj qilishga qaror qilingandi.

Avvalroq AQSh sobiq prezidenti Trampning ma'muriyati Huawei kompaniyasini Amerika davlat tashkilotlari, kompaniyalari va fuqarolari to‘g‘risida ma'lumot yig‘ishda ayblagandi. AQShdan tashqari, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Yaponiyada 5G tarmog‘ini rivojlantirishda Huawei bilan hamkorlik qilish butunlay taqiqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: