GM yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi sababli uchta zavodini to‘xtatadi

Fan-texnika 19:27 / 04.02.2021 10737

Amerikaning General Motors kompaniyasi yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi sababli AQShdagi uchta zavodi ishini to‘xtatadi va Janubiy Koreyadagi zavodi faoliyatini ikki baravarga sekinlashtiradi.

 Xabar qilinishicha, Kanzas, Ontario va San-Luis Potosidagi zavodlar kelasi haftada faoliyatini to‘xtatadi. 

 "Jahon avtomobil sanoati uchun yarimo‘tkazgichlar yetkazib berish hajmi juda o‘zgaruvchan bo‘lib qolmoqda. Hozirda umumiy oqibatlarni baholamoqdamiz, ammo e'tiborimiz eng talabgir mahsulotlarimizni ishlab chiqarishni saqlab qolishga qaratilgan", deyiladi kompaniya xabarida.

 GM yanvar oyida yarimo‘tkazgichlar yetishmovchiligi oqibatlarini his qilayotganini bildirgandi. Mikrosxemalar avtomobillarning turli unsurlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi va elektromobillar ishlab chiqarilishi kengayishi natijasida ularga bo‘lgan talab oshmoqda.

Kompaniya elektromobillar ishlab chiqarishga 27 mlrd dollar investitsiya kiritishi va 2025 yilda 1 mln dona elektromobil sotishni rejalashtirganini ma'lum qilgan. GM shuningdek, 2035 yilga kelib benzin va dizelda yuradigan avtomobillar sotishni to‘xtatishini e'lon qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: