Qator tuman va shaharlarda sud tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Jamiyat 10:35 / 01.02.2021 8178

Ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, ilk marta (5 yillik muddatga) sudya bo‘lish uchun hujjat topshirgan 18 nafar nomzodning 15 nafari sudyalik lavozimiga loyiq deb topildi. Jumladan:

Nuriddinjon Yoqubovich Tojiboyev – Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Hulkaroy G‘opporovna Isakova – Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Kamolxon Muhibilloyevich Xomidov – Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Fazliddin Xudayberdiyevich Xidirov – Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Farxod Abdullayevich Zakirov – Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Fazliddin Kutbiddinovich Ishanxodjayev – Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Dilnavoz Shaxabidinovna Bekmatova – Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Avazjon Kenjayevich Payg‘amov – Toshkent viloyati Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Toxirjon Tursunovich Salimov – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Anvar Turayevich Dusmurodov – Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Ikrom Egamberganovich Rajabov – Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Mavlanjon Muxsinjonovich Muxitdinov – Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Darmon Urazbayevna Eshimbetova – Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Dilbar Abdusamatovna Xayrullayeva – Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

Parizod Zaxidjanovna Zakirova – Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, 7 nafar nomzodni sudyalik lavozimiga navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlash masalasini ko‘rib chiqqan Kengash a'zolari ularning 6 nafariga ishonch bildirdi. Jumladan:

Hasan Boltaboyevich Mamarasulov – Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Shavkat Xalbayevich Shamshiyev – sudyalik muddatining dastlabki 5 yiliga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudining raisi lavozimiga;

Alisher Aralovich Qahharov – sudyalik muddatining dastlabki 5 yiliga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudining raisi lavozimiga;

Soxibaxon Qodirjonovna Yulchiyeva – sudyalik muddatining dastlabki 5 yiliga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Ulug‘bek Nazirovich Oripov – sudyalik muddatining dastlabki 5 yiliga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Lochin Maxmudovich Usarov – sudyalik muddatining dastlabki 5 yiliga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Sudyalik vakolat muddati davriga qayta tayinlash bo‘yicha 5 nafar nomzodning 4 nafari tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, 1 nafari faoliyatini o‘z lavozimida davom ettiradigan bo‘ldi.

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 1 nafar sudyaga intizomiy jazo qo‘llanib, uning vakolati muddatidan ilgari tugatildi, 6 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi.

Ma'lumot uchun, sudyalarga nisbatan intizomiy jazo choralari Sudyalar oliy kengashi roziligidan so‘ng, tegishli malaka hay'atlari tomonidan qo‘llaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: