AQShda koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan shtammini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holatlar qayd etildi

Jahon 23:37 / 28.01.2021 3909

AQSh tibbiyot xizmatlari koronavirusning Janubiy Afrikada aniqlangan shtammini yuqtirish bilan bog‘liq dastlabki ikki holatni qayd etdi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.

Koronavirusning ushbu yuqumli turi Janubiy Karolinadagi ikki bemorda aniqlangan. Nashrning yozishicha, ular avvalroq AQShdan tashqariga chiqishgani to‘g‘risida hozircha ma'lumot yo‘q. 

Ta'kidlanishicha, koronavirusning mazkur shtammi o‘limlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lishi borasida dalillar mavjud bo‘lmasa-da, unga COVID-19 vaksinalari unchalik ham ta'sir qilmaydi. Shu bilan birga, Pfizer va Moderna kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqargan vaksinalar koronavirusning bu turiga nisbatan ham samarali ekanligini bildirgan.

Avvalroq AQShda koronavirusning o‘ta yuqumli "britancha" turi qayd etilgandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 26 milliondan oshgan, 440 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: