O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari eng baland va quyi bo‘lgan hudud qaysi?

Iqtisodiyot 18:42 / 25.01.2021 14240

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti 2020 yilning yanvar-dekabr oylaridagi hududlarning iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi.

Institut tahliliga ko‘ra, 2020 yilda respublika yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ning o‘sish sur'ati 1,6 foizni tashkil qilgan.

O‘tgan yilda iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichi eng baland hudud sifatida Navoiy viloyati (7,1 foiz) qayd etilgan. Keyingi pog‘onalarni Namangan (4,8 foiz), Surxondaryo (4,4 foiz), Farg‘ona (3 foiz) viloyatlari egallagan.

Mos ravishda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari respublika ko‘rsatkichidan past hududlar sifatida Jizzax viloyati (1,6 foiz), Toshkent shahri (1,5 foiz) va Sirdaryo viloyati (0,1 foiz) qayd etilgan.

Shu o‘rinda respublika umumiy YaIMda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar Toshkent shahri (15,3 foiz), Toshkent (10,8 foiz) va Navoiy (8,4 foiz) viloyatlari ekanligi ma'lum qilindi.

Mos ravishda respublika YaIMda past ulushga ega bo‘lgan hududlar sifatida Xorazm (3,6 foiz), Jizzax (3 foiz), Sirdaryo (2,1 foiz) viloyatlari qayd etilgan.

Bundan tashqari, YaIMning 36,3 foizini xizmat ko‘rsatish, 35,5 foizini sanoat va qurilish, 28,2 foizini qishloq xo‘jaligi tashkil qilgan.

Ma'lumot uchun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznesning YaIMdagi ulushi 53,9 foizni egallagan.

Avvalroq,2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha respublikaning tashqi savdo aylanmasi 13,1 foizga kamayganligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: