Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta komendantlik soati kiritildi

Foto: TASS
Niderlandiya parlamenti vaqtinchalik hukumatning mamlakatda koronavirus pandemiyasi ortida komendantlik soati kiritish taklifini ko‘pchilik ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi. Ushbu chora 23 yanvardan kuchga kiradi.
Komendantlik soati soat 21dan 04.30gacha amal qiladi. Bu vaqt ichida odamlarga faqat o‘ta zarur hollarda ko‘chada harakatlanishga ruxsat beriladi. E'tiborlisi, mamlakatda komendantlik soati Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta kiritilmoqda.
“Ishga yo‘l olayotganlar yoki ishdan qaytayotganlar ish beruvchi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lishlari lozim. Itlarni sayr qildirishga ruxsat beriladi. Tungi vaqt shoshilinch yordam hamda oziq-ovqatlar va taomlarni uyga yetkazish xizmatlari o‘z ishini davom ettira oladi”, deyilgan xabarda.
Komendantlik soatini buzganlarga 95 yevro miqdorida jarima solish ko‘zda tutilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyada koronavirusga chalinganlar soni 932 mingdan oshib ketdi, 13,3 mingdan ko‘proq kishi virus qurboni bo‘lgan.
Mamlakatda koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun 2020 yil dekabr o‘rtasidan karantin kiritilgan. Uning doirasida oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mahsulotlari do‘konlaridan tashqari barcha do‘konlar, trenajyor zallari va madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yopilgan.
Niderlandiyada oxirgi haftalarda koronavirusga chalinish holatlari kamayganiga qaramay, hukumat koronavirusning yuqumliroq yangi shtammlari tarqalishi oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga qaror qilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
-
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Jahon | 10:34
Mavzuga oid

13:09 / 11.07.2025
Niderlandiya sudi Rossiyaga chiplar haqida ma’lumot topshirilishi ishi bo‘yicha hukm chiqardi

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

12:16 / 25.06.2025
«Mudofaa xarajatlarini oshirish va 5-moddaga sodiqlik» – NATO sammitidan nimalar kutilmoqda?

10:25 / 20.06.2025