Yangihayotda jinoyat ishlari bo‘yicha sud tashkil etildi, qolgan masalalarda tuman aholisi tumanlararo sudlarga murojaat qiladi

O‘zbekiston 16:04 / 21.01.2021 2788

Prezident tomonidan 2021 yil 20 yanvar kuni imzolangan “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan sud tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Yangihayot tumani aholisi:

- fuqarolik ishlariga oid arizalar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga;

- iqtisodiy da'volar bilan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga;

- ma'muriy ishlar bo‘yicha Toshkent tumanlararo ma'muriy sudiga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli, Mirzo Ulug‘bek tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahar sudlarining bir nafardan sudya va bir nafardan sudya yordamchisi shtat birliklari jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri tarkibidagi Yangihayot tumani prezidentning 2020 yil 11 yanvardagi qaroriga asosan tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: