Vengriya Yevroittifoqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi

Jahon 17:05 / 21.01.2021 4851

Vengriya Yevroittifoqda birinchi bo‘lib Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Ushbu ma'lumotni Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi tasdiqlagan.

Xabar qilinishicha, Vengriya farmakologiya va oziq-ovqat instituti “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan.

"Shunday qilib, Vengriya “Sputnik V” vaksinasidan o‘z hududida foydalanishga rasman ruxsat bergan YeIdagi birinchi davlat bo‘ldi", - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: