Qayd etilishicha, ushbu baxsiz hodisa poytaxtdagi 23-mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi, o‘n to‘qqiz yoshli N.D. bilan ro‘y bergan.
Bildirilishicha, hozirda bu yigit buvisi P.Z.ning qaramog‘ida bo‘lib, Yunusobod tumanidagi 58-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida onlayn darslarda qatnashayotgan bo‘lgan.
“Hurmatli ota-onalar, qadrli yoshlar. O‘z farzandlaringiz va yaqinlaringiz taqdiriga aslo befarq bo‘lmang”, - deyiladi ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning sentabr oyi oxirlarida Toshkentda o‘quvchi “ekstrim-selfi” oqibatida vafot etgandi.