Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: Xalq ichida yurib, har bir yoshning muammosini hal etib bersak, vaziyat o‘zgaradi
Buxoro viloyatida safarda bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev «Bukhara Cotton Textile» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

«BCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasteri – O‘zbekistonda eng birinchi tuzilganlardan. U 2017 yil 19 maydagi prezident qaroriga asosan tashkil etilgan.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, klaster paxta yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni o‘zlashtirgan. Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta yetishtirilsa, uning tolasidan ip yigirish, kalavani bo‘yash, mato to‘qish va kiyim tikish yo‘lga qo‘yilgan.

«Bukhara Cotton Textile» korxonasi – ushbu ishlab chiqarish zanjirining oxirgi xalqasi hisoblanadi. Uni tashkil etish uchun 65 million dollardan ziyod investitsiya yo‘naltirilgan.
Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi.
«Jinsi matolar va mahsulotlar chiqarish bo‘yicha eng ilg‘or davlatlar bilan raqobat qilish mumkin. Chunki yerimiz, suvimiz, paxtamiz o‘zimizniki. Ishlayman degan yoshlarimiz ko‘p. Tannarxni yana pasaytirsa bo‘ladi. Lekin sifati xalqaro darajada bo‘lsa, dunyoda albatta o‘z o‘rnini topadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mazkur to‘qimachilik korxonasida 1500 nafar, klaster bilan qo‘shib hisoblaganda 6000 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
Klaster 2020 yilda 8,2 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. O‘zbekistonning elchixonalari ko‘magida chet ellarda savdo nuqtalari tashkil etish rejalashtirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu orqali yiliga o‘rtacha 50-60 million dollar miqdorida valuta tushumiga erishish mumkin.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan jinsi matolari rangining tabiiyligi bilan ham ichki va tashqi bozorda ustunlikka ega. Buning uchun chet eldan indigofera o‘simligi urug‘i olib kelinib, 80 gektar maydonda yetishtirilmoqda.
Prezident mahsulotlar turini ko‘paytirish, dunyoga mashhur brendlar bilan hamkorlikda kiyimlar ishlab chiqarish zarurligini ta'kidladi.
Shu yerda 2021–2022 yillarga mo‘ljallangan Buxoro viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, yoshlar bandligini ta'minlash rejalari taqdimoti o‘tkazildi.
«Xalq ichida yurib, har bir yoshning muammosini eshitib, nazoratga olib, oxir oqibat hal etib bersak, vaziyat o‘zgaradi. Yoshlar ishlari agentligining asosiy vazifasi shu bo‘lishi kerak», – dedi Mirziyoyev.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlikka o‘qitish, biznesi va hunarmandchiligini ochishga ko‘maklashib, bandligini oshirish choralari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”

18:38 / 16.01.2025
Paxta bo‘yicha birjadagi fyuchers savdolarida taklifni klasterlar kiritadigan bo‘ldi

11:58 / 15.01.2025
Turistik klaster maqomini olish tartibi tasdiqlandi

19:50 / 08.01.2025