Prezident Buxoroga tashrifini Olot tumanidan boshladi

O‘zbekiston 13:13 / 21.01.2021 37314

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu – hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan joriy yilgi birinchi tashrif. U mazkur chekka tumandan boshlanayotgani bejiz emasligi aytiladi.

2020 yil 27 aprel kuni Buxoro viloyatiga janubdan kuchli shamol kirib kelgan edi. Uy-joylar, infratuzilma va ekinlarga katta zarar yetkazgandi.

Davlat rahbari zudlik bilan u yerga yetib borib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish, turar joylar va ijtimoiy obektlarni ta'mirlash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Qisqa muddatda zarur ishlar bajarilib, hayot o‘z maromiga qaytdi.

Bu galgi safar chog‘ida prezident vertolyotda ushbu ishlar qamrovini ko‘zdan kechirdi.

Xususan, Olot, Qorako‘l, Jondor, Romitan, Peshku va Shofirkon tumanlarida 45 mingta uy, 204 ta ko‘p qavatli turar joy ta'mirlangan. Mingdan ortiq ijtimoiy soha va tadbirkorlik obektlari, yo‘llar, elektr, gaz va aloqa tarmoqlari tiklangan.

Ayni paytda davlat rahbari shu yerlik aholi bilan muloqot qilmoqda, deyiladi xabarda. 

Ko‘proq yangiliklar: