O‘qituvchilarga vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar 1 yanvardan to‘lanadi - XTV

O‘zbekiston 11:26 / 21.01.2021 5938

Vazirlar Mahkamasining «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining barqarorligini ta'minlash va xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 232-son va 2020 yil 21 sentyabrdagi qarorlariga asosan budjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga 1 yanvarga qadar moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lovlar hisoblanishini to‘xtatib turilgan edi.

«Bugungi kunda ayrim hududlarda direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalar hisoblanmayotganligi yuzasidan noroziliklar yuzaga kelmoqda. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab mazkur ustamalar to‘lanmasligi yuzasidan hech qanday ko‘rsatmalar berilmaganligini ma'lum qilamiz», - deyiladi vazirlik xabarida.

Ma'lum qilinishicha, vaqtinchalik to‘xtatilgan ustamalar ishchi guruhlarning 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilgan qarori va direktorning buyrug‘i asosida 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘rnatilgan tartibda to‘lab beriladi.

Xalq ta'limi vazirligi hududiy xalq ta'limi bo‘linmalaridan pedagog xodimlarning oylik ish haqiga ustamalar to‘lanishini 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirishni, ustamalarni to‘lashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan tegishli mas'ullarga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishini qat'iy nazoratga olishni so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: