Mirzo Ulug‘bek tumanida ro‘y bergan YTH oqibatida ikki kishi vafot etdi

O‘zbekiston 08:06 / 21.01.2021 6444

Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 19 yanvar kuni taxminan soat 21:30da Yuzrabot va Kozeva ko‘chalari kesishmasida ikkita transport vositasi, 23 yoshli I.D. boshqaruvidagi Damas va 29 yoshli B.R. boshqaruvida ishonchnoma asosida bo‘lgan “VAZ-2115” avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y bergan.    

YTH sababli “VAZ-2115” rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 18 yoshli D.B. va 19 yoshli M.J. olgan jarohatlari tufayli voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Bundan tashqari, “VAZ-2115” haydovchisi va yo‘lovchi, 27 yoshli Sh.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTHning taxminiy sababi: Damas haydovchisi burilish vaqtida to‘g‘ri yo‘ldan harakatlanib kelayotgan “VAZ-2115” avtomobiliga yo‘l bermagan. Natijada, “VAZ-2115” boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga kelib urilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: