Dehliga charter qatnovlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:10 / 21.01.2021 1723

 Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent-Dehli-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlar amalga oshirilishi haqida e'lon qildi.

Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qatnovlar 7 fevraldan boshlab, yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida bajariladi:

Toshkent - Dehli: uchish soat 16:00da, qo‘nish soat 19:30da;
Dehli - Toshkent: uchish soat 21:00da, qo‘nish soat 23:30da.

Qayd etilishicha, aviachiptalarni aviakompaniyaning saytidan, Uzbekistan airways sales ofisi yoki agentlar ofislaridan sotib olish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: