Toshkentda xavfsiz turizmni ta'minlashga mas'ul shaxs tayinlandi

O‘zbekiston 17:13 / 20.01.2021 8179

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB xabarida aytilgan.

Ma'lum qilinishicha, polkovnik Timur Xolmatov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Bundan tashqari, polkovnik Husniddin Shamsuddinov Toshkent shahar IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: