Toshkentda «Samsung» etiketkasi qo‘lbola yopishtirilgan yuzlab maishiy texnikalar aniqlandi

O‘zbekiston 22:53 / 20.01.2021 10710

Xabar qilinishicha, Toshkentdagi qurilish bozorlarining birida qo‘shni mamlakatdan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan, qo‘lbola usulda «Samsung» brendi etiketkasi yopishtirilgan, umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik 479 dona televizor va boshqa texnika tovarlari saqlab kelinayotgani aniqlangan.

Tezkor tadbir Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Toshkentda 415 million so‘mlik parfyumeriya vositalarining noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

Poytaxtda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda xorijiy davlat fuqarolari B.O. va M.V. ijaraga olgan uylar o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida mazkur xonadonlarda umumiy qiymati 415,5 million so‘mlik 4155 dona «California» brendi ostidagi sifati kafolatlanmagan parfyumeriya vositalari saqlanayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona surishtiruvi davom etmoqda.

Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda faoliyat olib borayotgan dorixonalardan biri o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, dorixonada fuqaro M.A. tomonidan retsepsiz tarzda 363 dona kapsulada kuchli ta'sir qiluvchi «Zardeks Gabapentin 300mg» dori vositasi sotilayotgani aniqlandi.

Bu dorixonadagi fuqaro M.Sh. ham o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning yonida 200 dona kapsulada «Zardeks Gabapentin 300mg» dori vositasi borligi ma'lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.S.ning yashash xonadoni ham o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xonadonda 76 dona kapsulada «Zardeks Gabapentin 300mg» dori vositasi va gugurt qutisida 1 dona marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shu tariqa jami 639 dona kapsulada kuchli ta'sir qiluvchi «Zardeks Gabapentin 300mg» dori vositasi va 1 gramm marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Namanganda bir necha ming quti tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi

Namangan viloyati Chortoq tumanida, chegara oldi hududda xarakatlanayotgan fuqaro J.X. boshqaruvidagi «Kobalt» mashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada mashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 15 million so‘mlik 1000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, voqea joyida harakatlanayotgan «Damas» avtomobili ham to‘xtatildi va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Bu mashinada ham muqaddam qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan qiymati 81 million so‘mlik 5370 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir Namangan viloyati bojxonachilari va DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Ko‘proq yangiliklar: