Madrid markazida kuchli portlash sodir bo‘ldi

Jahon 20:32 / 20.01.2021 18630

Madrid shahri markazidagi binoda kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda El Pais nashri.

Xabar qilinishicha, binoning bir nechta qavati qulab tushgan. Shahar merining ma'lum qilishicha, kamida ikki kishi qurbon bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Portlash sodir bo‘lgan bino yaqinida qariyalar uyi joylashgan. OAVning xabar berishicha, yaqin-atrofdagi binolardagi odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

 Ispaniya milliy politsiya matbuot xizmatining bildirishicha, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Ko‘proq yangiliklar: