Kapitoliy oldida koronavirus qurbonlari xotirasiga 200 mingta bayroq o‘rnatildi   

Jahon 00:35 / 20.01.2021 4982

AQSh poytaxti Vashingtondagi Milliy xiyobonda pandemiya vaqtida vafot etganlar va Baydenning inauguratsiyasida ishtirok eta olmaydiganlarni xotirlash maqsadida 200 mingga yaqin bayroq o‘rnatildi.   

HuffPost nashrining xabar qilishicha, Baydenning inauguratsiyasi pandemiya va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sababli AQSh tarixida avvalgilariga o‘xshamagan o‘zgacha inauguratsiya bo‘ladi.

20 yanvarda o‘tadigan marosim koronavirus tarqalishini cheklash maqsadida ancha qisqartiriladi. 

Ko‘proq yangiliklar: