Isroilda Pfizer vaksinasi e'lon qilingan darajada samarali ekanligi shubha ostiga olinmoqda

Jahon 18:00 / 20.01.2021 3409

Isroilda Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqqan vaksinaning e'lon qilingan darajada samarali ekanligi shubha ostiga olinmoqda. Bu haqda mamlakat koronavirusga qarshi kurash milliy dasturi koordinatori professor Nahman Ash ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Times of Israel nashri.

Ma'lumot berilishicha, vaksinatsiya boshlanganidan beri koronavirusga qarshi emlanganlarning 12,4 mingdan ortig‘i birinchi emlashdan so‘ng kasallikka chalingan. Ular orasida kamida 69 kishi vaksinaning ikkinchi dozasini ham qabul qilgan.

Eshning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik birinchi va ikkinchi emlash orasida kasallik yuqtirgan va aftidan, birinchi dozaning himoya darajasi "avval o‘ylanganidan ko‘ra samarasizroq". Uning qo‘shimcha qilishicha, birinchi dozaning virusga qarshi himoya darajasi to‘g‘risidagi ma'lumot "Pfizer kompaniyasi e'lon qilganiga nisbatan past".

Ash vaksina virusning yangi shtammlaridan himoya qila olmasligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

19 yanvar holatiga ko‘ra, 2 milliondan ortiq isroillik Pfizer vaksinasining birinchi dozasini, 400 mingdan ortig‘i esa ikkinchi dozasini qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pfizer kompaniyasi vaksinasi samaradorligini 95 foiz deb baholagandi.

Ko‘proq yangiliklar: