IIBB Sergeli tumanida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi

O‘zbekiston 12:12 / 20.01.2021 13896

Sergeli tumani IIO FMB xodimlari tomonidan 17 yanvardan 18 yanvarga o‘tar kechasi Sergeli tumani 6-mavzeda sodir bo‘lgan janjal ishtirokchilarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

18 yanvar kuni taxminan soat 23:50larda 26 yoshli A.K. o‘z boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobilida tanishlari, 32 yoshli Z.X. va 40 yoshli Z.X. bilan Sergeli tumani 6-mavzedagi avtoturargohga kelgan. Shu jarayonda ikki nafar fuqaro, muqaddam sudlangan 30 yoshli A.A. va 30 yoshli X.X. mast holatda bo‘la turib, avtomobilning yo‘lini to‘sgan.

Qayd etilishicha, hodisa natijasida fuqarolar o‘rtasida janjal boshlangan. A.A. va X.X. avtomobil oynalarini sindirib, mashinaga zarar yetkazgan. Shundan so‘ng, A.A. va X.X. fuqarolar Z.X. va Z.X.ni urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Z.X.ga tan jarohati yetkazish jarayoni shu joydagi ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan videoga olingan va internetga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (“bezorilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar - A.A. va X.X. ushlangan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: