Britaniya kompaniyalari mamlakatdan chiqib ketmoqda

Jahon 23:29 / 20.01.2021 10556

Britaniyaning 50ga yaqin kompaniyasi Brexit sababli Fransiyaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Fransiya banki rahbari Fransua Villerua de Gal ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Brexit Britaniya kompaniyalarining bir qismi va ularning aktivlarini (jami 170 milliard yevro) Fransiya iqtisodiyotiga jalb etishga yordam berdi. Bank rahbarining ishonch bildirishicha, 2021 yilda bu jarayon yanada tezlashadi.

Ma'lumot berilishicha, Buyuk Britaniyadan Fransiyaga 5 mingga yaqin ish o‘rni ko‘chirilgan. 

Moliyaviy yilning dastlabki sakkiz oyida Buyuk Britaniyaning davlat qarzlari 240,9 milliard funt sterlingga (323 milliard dollar) o‘sgan. 

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqini 2020 yil 1 fevralda rasman tark etgandi. Tomonlar yil oxiriga qadar o‘tish davri to‘g‘risida kelishib olgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: