Bayden Meksika bilan chegarada devor qurilishini to‘xtatadi

Jahon 16:57 / 20.01.2021 9069

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden inauguratsiya marosimidan keyinoq Donald Trampning qator farmonlarini bekor qiladi. U xususan, Meksika bilan chegaradagi devor qurilishini to‘xtatadi.

"Saylangan prezident bugun devor qurilishiga mablag‘ ajratish uchun bahona sifatida foydalanilgan Meksika bilan chegaradagi favqulodda holat to‘g‘risidagi deklaratsiyaning amal qilishi darhol to‘xtatilishi haqida e'lon qiladi", - deyiladi Baydenning o‘tish jamoasi saytida.

Qurilish to‘xtatiladi va "mablag‘ ajratilishi va shartnomalar tuzilishida foydalanilgan usullarning qonuniyligini o‘rganish" imkoniyati paydo bo‘ladi.

Jozef Bayden shuningdek, asosan musulmon va Afrika mamlakatlaridan keluvchilarga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi farmonini ham imzolaydi.

Avvalroq Bayden AQShning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish hamda Qo‘shma Shtatlarni Iqlim bo‘yicha Parij shartnomasiga qaytarish to‘g‘risidagi farmonlarni imzolashi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: