TIV xorijga chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qalbaki hujjatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi

O‘zbekiston 08:07 / 19.01.2021 3675

Tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilishicha, mazkur holat fuqarolarning xorijiy mamlakat hududiga kiritilmasligi uchun asos hisoblanadi. Shuningdek, qalbaki hujjatlar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan vatandoshlarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonini ham qiyinlashtirmoqda.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xorijiy mamlakatlarga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan begona shaxslarning qalbaki tibbiy ma'lumotnoma va boshqa hujjatlarni tayyorlab berishda «yordamlashish» borasidagi takliflariga ko‘nmaslikni so‘ragan. 

Shu bilan birga, chet elga safarga chiqishdan oldin o‘sha mamlakatda joriy qilingan cheklov choralari va talablar bilan sinchiklab tanishib chiqish tavsiya etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: