O‘zbekiston xalqaro xavfsizlik indeksida 14 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston 14:19 / 19.01.2021 10177

Crime Index va Safety Index tomonidan tuzilgan reytingda mamlakat qancha past ball to‘plasa, u shuncha xavfsiz deb hisoblanadi. 

O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘izistonga qaraganda xavfsizroq davlat sifatida ro‘yxatga kiritilgan. Tojikiston va Turkmaniston reytingda qayd etilmadi. 2021 yilda O‘zbekistonda jinoyatchilik indeksi 34,70 ball, xavfsizlik indeksi 65,30 ballga baholandi. O‘zbekiston xavfsizlik borasida Litva va Kuvaytdan ortda, Vengriya va Germaniyadan oldinda.

Reytingda Venesuela dunyoda jinoyatchilik darajasi eng yuqori mamlakat deb topildi, u indeksda 1-o‘rinni egalladi. Venesueladan keyin Papua-Yangi Gvineya, Janubiy Afrika, Afg‘oniston va Gonduras qayd etilgan. 

Reytingga ko‘ra, eng xavfsiz mamlakatlar qatoridan Qatar, Tayvan va Birlashgan Arab Amirliklari joy oldi. 

Ko‘proq yangiliklar: