Namangan viloyatining 3ta tumanida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi

O‘zbekiston 08:10 / 19.01.2021 3434

Prezident tomonidan “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror imzolandi. Bu haqda Norma xabar berdi.
 
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022 yillar hosilidan qisqartiriladigan g‘alla maydonlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarini 2021-2022 yillarda bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishlariga hamda sabzavot, kartoshka, dukkakli va moyli ekinlarga ixtisoslashtirish ko‘rsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022 yillarda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksport hajmlarini oshirish prognoz ko‘rsatkichlari;
  • Namangan viloyati Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida 2021-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qayta ishlash tashkilotlari, omborxona va issiqxona loyihalarining manzilli ro‘yxati.

Namangan viloyatining mazkur tumanlarida sertifikatlangan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar urug‘larini hamda mevali daraxt va tok ko‘chatlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan to‘lanadigan yer solig‘i 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi. 2021 yil 1 fevraldan ko‘rsatilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy valutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi, shuningdek, xorijiy valutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Ko‘proq yangiliklar: