Hindiston farmatsevtika kompaniyasi kimlar koronavirusga qarshi vaksina olmasligi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdi

Jahon 17:21 / 19.01.2021 7961

Hindistonning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Bharat Biotech farmatsevtika kompaniyasi immuniteti past va salomatligi bilan bog‘liq muammolari bo‘lganlar koronavirusga qarshi vaksina olmasligi kerakligi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Associated Press yozmoqda.

Kompaniyaning tushuntirish berishicha, allergiyasi bo‘lgan va qon quyulishi buzilgan bemorlarga ham koronavirusga qarshi emlash tavsiya etilmaydi. Kompaniya vaksina olmoqchi bo‘lganlar salomatligi, xususan, allergiyasi bor-yo‘qligi hamda qanday dorilar qabul qilishi to‘g‘risida ma'lumotnoma taqdim etishlari kerakligini bildirdi.

Bharat Biotech vakillarining so‘zlariga ko‘ra, vaksinaga nisbatan og‘ir allergik reaksiya nafas olish bilan bog‘liq muammolar, yuz va tomoqning shishib ketishi, yurak urishining tezlashishi, terida toshmalar paydo bo‘lishi, bosh aylanishi va holsizlikda namoyon bo‘ladi.

Hindistonda 4 yanvar kuni AstraZeneca kompaniyasining Covishield va Bharat Biotech kompaniyasining Covaxin vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berildi. 

 The Times of India nashrining yozishicha, mamlakatda ommaviy emlash kampaniyasi 16 yanvarda boshlandi. Uch kun ichida 381,3 ming kishi emlangan bo‘lib, 580 kishida nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: