«Bolalar ombudsmani to‘g‘risida»gi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 11:03 / 19.01.2021 1838

Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Bolalar ombudsmani to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda vazirlik va idoralar ishtirokida tayyorlanadi.

Loyihada mamlakatda bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishda inson huquqlarini himoya qilishning yagona milliy tizimini saqlagan holda yangi tuzilma faoliyati tashkil etish nazarda tutiladi.

Shuningdek, dasturda 2021 yil 1 sentyabrga qadar «Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi»ni tashkil etish ham belgilangan. Fond uchun respublika budjetidan 100 000 million so‘m ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: