2022 yildan tuman va shaharlar budjet xarajatining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida sarflanadi

O‘zbekiston 12:16 / 19.01.2021 2140

Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish ham nazarda tutilmoqda.

Unga ko‘ra, tuman budjeti xarajatlarini shakllantirishda mahalliy aholi va jamoatchilikning ishtirokini ta'minlash choralari ko‘riladi hamda 2021 yil 1 aprelga qadar bu borada prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.

Loyihada 2021 yilda tajriba tariqasida har bir hududda bittadan shahar yoki tuman budjet xarajatining 5 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib tajribadan o‘tkazilishi, 2022 yildan esa barcha tuman va shaharlar uchun ushbu tartib joriy etilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:

  • ochiq e'lon qilinishi lozim bo‘lgan ma'lumotlar ro‘yxatini kengaytirish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • har yil yakunlari bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining Ochiqlik indeksini aniqlash;

«Ochiq va hisobdor hukumat» g‘oyasini amalga oshirishga qaratilgan amaliy choralar ko‘rish nazarda tutiladi.

Ko‘proq yangiliklar: