“O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligida Qashqadaryodagi tabiiy gaz konlari va quduqlarida qazib chiqarish jarayonlari o‘rganildi

O‘zbekiston 13:00 / 16.01.2021 4395

2020 yildagi reja ko‘rsatkichlarining bajarilgani, kuz-qish mavsumida esa gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ijrosi ko‘rib chiqilib, dolzarb muammolar, xususan, geologik-qidiruv ishlarini kengaytirish, 2021 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan geologogik-texnik tadbirlarni jadallashtirish bilan reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, yangi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan “Uzbekneftegaz GTL” zavodining asosiy xomashyo bazasi hisoblanadi.

Shuni e'tiborga olib, Boshqaruv raisi tomonidan Sho‘rtan regionida geologik-qidiruv ishlarini jadallashtirish, ushbu regionda yangi istiqbolli gaz konlarini o‘zlashtirish kabi masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.

Yangi konlarni ochish yuzasidan rejalashtirilgan quduqlarni ishga tushirish yuzasidan geologlarga tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.

2021 yilda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 43 ta quduqda burg‘ilash ishlarini olib borish, 177 ta mavjud quduqda mukammal ta'mirlash va intensifikatsiya ishlari hamda 8 ta texnologik tadbir bajarish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tabiiy gaz hajmlarini oshirish va konning bir maromda ishlashini ta'minlash maqsadida, joriy yilda “Janubiy Tandircha” va “Bo‘zaxo‘r” konlarida siquv kompressor stansiyalarini qurib ishga tushirish yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berib o‘tdi.

Bu boradagi ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun geologik-texnik tadbirlarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan quduqlarni burg‘ilash va kapital ta'mirlash, texnologik obektlardagi ishga tushirish ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Buning uchun zarur material-texnik resurslar, ehtiyot qism va vositalar bilan zudlik bilan ta'minlash bo‘yicha tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

Joriy yilda Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida tabiiy gaz qazib chiqarishni 9 mlrd kub metrgacha ko‘paytirish uchun barcha tadbirlarni amalga oshirish zarurligi haqida ta'kidlab o‘tildi.

Boshqaruv raisi har bir kon boshlig‘i bilan suhbatlashar ekan, ulardan birinchi navbatda ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, oylik maoshlarning o‘z vaqtida berilishi, ijtimoiy masalalar, qazib chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarishdagi muammolar yuzasidan suhbatlashdi.

Kon boshliqlari va tegishli mutaxassislarning taklifiga asosan, qazib chiqarish hajmlarini oshirish uchun zarur texnikalar bilan ta'minlash va uskunalarni qisqa muddatlarda yetkazib kelish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berib o‘tdi.

Tashrif davomida “Ishchi guruh” a'zolari “Janubiy Tandircha” koniga tashrif buyurib, 61-, 64-sonli yangi burg‘ilash quduqlari bilan yaqindan tanishdi.

Burg‘ilash ustasi va ishchi-xodimlar bilan suhbatlashib, ishlarni belgilangan muddatlaridan avval tugatish uchun choralar ko‘rish kerakligi haqida topshiriqlar berib o‘tdi.

Ishchi-xodimlarning yashash sharoiti, oziq-ovqat masalasi bilan alohida tanishib, barcha zaruriy choralar ko‘rish haqida tegishli rahbarlarga ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

Bundan tashqari, Boshqaruv raisi ishchilar uchun ovqat tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishib, taomnoma va tayyorlanayotgan ovqat tarkibi bo‘yicha savollar berib, haqiqiy holatni o‘rgandi.

Oshpaz bilan suhbat jarayonida Boshqaruv raisi ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitni o‘rgandi va eng zaruri – ularga doimo e'tibor berilishi kerakligini ta'kidlab, cho‘l sharoitida bo‘lsa-da, barcha qulayliklarni yaratish zarurligiga oid vazifalarni belgilab berdi.

O‘z navbatida, gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi, quduqlarni yig‘ish punkti va yangi siquv kompressor stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan maydonga tashrif buyurib, siquv kompressor stansiyasini o‘rnatish joyi belgilandi.

“Ishchi guruh”ning Qashqadaryo viloyatidagi safari davom etmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: