Ozarboyjonda 18 yanvardan ommaviy vaksinatsiya boshlanadi

Jahon 17:47 / 16.01.2021 3110

Ozarboyjonda 18 yanvardan Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi CoronaVac vaksinasi bilan ommaviy emlash boshlanadi. TASSning xabar berishicha, mamlakat hukumati 4 mln doza vaksinaga buyurtma bergan.

"18 yanvardan koronavirusga qarshi emlashni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", - dedi Ozarboyjon prezidentining yordamchisi Shahmar Movsumov. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatga vaksinaning birinchi partiyasi keltirilgan.

Ozarboyjon sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Teymur Musayevning ma'lumot berishicha, vaksinalar Turkiyada laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazilgan, so‘ngra Ozarboyjonga jo‘natilgan. 

Xabarda aytilishicha, dastlab tibbiyot xodimlari emlanadi. 1 fevraldan esa yoshi 65dan oshgan fuqarolarni emlash boshlanadi.

 Shuningdek, Ozarboyjonda karantin cheklovlari 1 aprelgacha uzaytirilgani ma'lum qilindi. 

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 226,5 mingdan oshgan, 3 mingga yaqin kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: